21:33 / 18.03.2022
1 078

Superliga. Toshkent derbisida «Bunyodkor» «Lokomotiv»ni mag‘lub etdi

Superliga. Toshkent derbisida «Bunyodkor» «Lokomotiv»ni mag‘lub etdi
O‘zbekiston Superligasi 3-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Lokomotiv" uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Unda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

64-daqiqada Ibrohim Gbadamosi hakam belgilagan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Nigeriyalik futbolchining o‘zi bahs yakuniga qadar oradagi farqni ikkitaga yetkazdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarning ikkinchisida Igor Chikrizov jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.

E’tiborlisi, Ahrol Risqullayev birinchi taymga 11, ikkinchi bo‘limga 7 daqiqa qo‘shib berdi, VARga 2 bor murojaat qildi.
Shu tariqa, ochkolari sonini 4 taga yetkazib olgan holda, 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 8-pog‘onadagi "temiryo‘lchilar" 3 ochko jamg‘argan.

"Bunyodkor" – "Lokomotiv" 2:1
Gol:
64 - Ibrohim Gbadamosi (1:0), 79 - Ibrohim Gbadamosi (Usmonali Ismonaliyev) (2:0), 90+2 Avazbek O‘lmasaliyev (avtogol ) (2:1)

"Bunyodkor": 32.Suhrobjon Sultonov, 4.Davronjon Ergashev, 5.Dilshod Jo‘rayev, 6.Avazbek O‘lmasaliyev, 8.Fransis Narx (14.Husayn Ergashboyev,82), 10.Rasul Yo‘ldoshev ( 7.Odiljon Abdurahmonov, 82), 29. Muzaffar Olimjonov (22.Usmonali Ismonaliyev, 73), 33.Umarali Rahmonaliyev, 34.Suhrob Izzatov, 49.Ibrohim Gbadamosi, 88.Jahongir O‘rozov.
Zaxira: 91.Zafar Safayev, 2.Sardor Xursandov, 3.Mahmud Mahamadjonov, 19.Bilol Tupliyev, 21.G‘ayrat Azizxo‘jayev, 37.Muhammadodil Qahramonov.

"Lokomotiv": 1.Abdumavlon Abdujalilov (13.Rustam Nartadjiyev, 46), 3.Islom Qobilov, 6.Alisher Salimov (4.Dilshod Komilov, 82), 7.Diyor Turopov, 11.Kaxi Maxaradze, 17.Sanjar Qodirqulov, 19.Jerom Etame (23.Igor Chikrizov, 46), 21.G‘ulomhaydar Gulyamov, 27.Islom Rashidxonov (22.Muhammadanas Hasanov, 61), 37.Sherzod Fayziyev, 44.Samuel Opex (20.Jaloliddin Jumaboyev,73).
Zaxira: 8.Nurmuhammad Toshpo‘latov, 9.Javohir Alijonov, 14.Xurshid Muxtorov, 98.Ma’ruf Jumayev.
Ogohlantirish: 58 - Dilshod Jo‘rayev, 81 - Kaxi Maxaradze, 86 - Shuxrat Maqsudov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. Toshkent derbisida «Bunyodkor» «Lokomotiv»ni mag‘lub etdi