Superliganing 3-turidan o‘rin olgan "Neftchi" – "So‘g‘diyona" (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yin haqida
- Birinchi taymda 2 ta gol urib oldik, hammasi yaxshi ketayotgandi. Biroq ikkinchi taymda bir nechta o‘zgarishlar qilganimizdan so‘ng o‘yinimiz yomonlashdi. Darvozamiz oldida xavfli vaziyatlar yuzaga kela boshladi. Bu nima bilan bog‘liq ekanligini bilmayman. Balki zaxiradan tushganlar o‘yinga kirishib keta olmaganidandir. Yaxshiyamki hammasi biz uchun ijobiy yakun topdi. Yigitlarga va muxlislarga rahmat aytaman. "Neftchi"ga keyingi turlarda omad tilayman.
- Jamoangiz chamasi oxirgi 15 daqiqa bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynadi, biroq futbolchilaringiz ko‘proq o‘z darvozasi tomon intildilar. Bu murabbiylar shtabi ko‘rsatmasimidi?
- Yo‘q, bunday ko‘rsatma bo‘lmagandi. Qat’iyat bilan o‘ynash, qarshi hujumga o‘tish, to‘p nazoratini qo‘lga olish tushuntirilgandi. Siz aytgan narsa o‘zlari xohlagani uchun emas, charchoq va g‘alabani boy berishdan qo‘rqish tufayli ro‘y berdi.
- Kuni kecha "So‘g‘diyona" OFK Kubogida qatnashishi aniq bo‘ldi. Bu ham jamoaga motivatsiya va kuch berdimi?
- Har bir sportchi yirik musobaqada qatnashishni xohlaydi. Jamoamiz futbolchilari va muxlislar ham shuni istashgandi. Bu albatta zo‘r. Endi biz nafaqat klub, balki mamlakat sharafini himoya qilamiz. Uyaltirib qo‘ymaslikka va iloji boricha oxirgi bosqichgacha yetib borishga harakat qilamiz.
- "So‘g‘diyona" bir to‘p farqi bilan oldinda borgan paytda vaqtni ko‘p cho‘zadi. Bu borada nima deya olasiz?
- O‘yinda to‘xtalish ro‘y bersa, bu o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Hakamlar o‘yinni nazorat qilib borishadi, hammasini kuzatib turishadi va vaziyatga qarab, shifokorlarni maydonga chorlashadi. Bu – futbol. Hamma yutishni xohlaydi. Bugun "So‘g‘diyona" yutdi, ertaga "Neftchi" g‘alaba qozonadi. Shunday ekan, bir-birimizga omad tilashimiz lozim.
- Hislat Halilovni ikkinchi taymda maydonga tushirib, keyin yana almashtirib yubordingiz. Bu jarohat bilan bog‘liqmidi?
- Bilasizmi, Halilov hali yosh. U bunday darajadagi o‘yinlarda ishtirok etmagan. Hechqisi yo‘q. Bu hamma bilan sodir bo‘lib turadi. Imkoniyat beryapmizmi, u bu vaqtni qadrlashi lozim. Unga va boshqa yosh yigitlarga omad tilaymiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”