
Ispaniya La Ligasi 29-turidan o‘rin olgan bahsda "Real" o‘z maydonida "Barselona"ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, madridliklar rahbariyati sharmandali mag‘lubiyatdan so‘ng bosh murabbiy Karlo Anchelottini iste’foga chiqarmaydi. Ular italiyalik mutaxassisning o‘yin uchun tanlagan taktikasini umuman tushunmagan, biroq Anchelottiga imkon bermoqchi.
Lekin agar klub Chempionlar ligasi yoki La Ligadan birini yuta olmasa, Karlo o‘z vazifasidan ozod etiladi. Ayni paytda "qaymoqranglilar" ichki chempionatda eng yaqin ta’qibchisidan 9 ochko oldinda bormoqda, YECHLda esa, "Chelsi" qarshiligini sindirishi lozim.
Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2023 yilga qadar amal qiladi. 62 yoshli mutaxassisning kelajagi shu mavsum yakunida hal bo‘ladi.
Ispaniya La LigasiReal MadridBarselona Mag'lubiyatiKarlo AncelottiChempionlar LigasiIchki Chempionat O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar