11:41 / 22.03.2022
2 215

Eldor Shomurodov asosiy tarkibga qaytishi uchun ajoyib imkoniyat

Eldor Shomurodov asosiy tarkibga qaytishi uchun ajoyib imkoniyat
"Roma" yulduzi Temmi Abraham Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin. Britaniya OAV xabariga ko‘ra, ingliz forvardiga "tumanli albion"ning bir necha top-klublari qiziqish bildirmoqda.

Birinchi navbatda, uni sobiq jamoasi "Chelsi" o‘z safiga chorlamoqda. Shuningdek, "Manchester Yunayted" ham 24 yoshli futbolchini sotib olmoqchi.

Temmi rimliklar tarkibiga kelib qo‘shilishidan oldin "aristokratlar" sharafini himoya qilgan. Biroq klubga Romelu Lukaku kelishi munosabati bilan uni chiqish eshiklari ko‘rsatilgandi.

Abraham joriy mavsum Joze Mourino qo‘l ostida 40 ta o‘yin o‘tkazib, 23 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi. Aynan u "bo‘rilar" tarkibidagi legionerimiz Eldor Shomurodovning asosiy raqobatchisi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov asosiy tarkibga qaytishi uchun ajoyib imkoniyat