
Xabaringiz borki, 25-29 mart kunlari Namangan shahrida “Navruz Cup-2022” xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi. Ushbu xalqaro turnirni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Odil Ahmedov, shuningdek, tashkilot va mehmonxona rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishdagi asosiy masala xalqaro turnirda ishtirok etadigan jamoalarni yuqori saviyada kutib olish mehmonxonalarda qulay sharoitlarni yaratish, o‘yinlar o‘tkaziladigan stadionga borib kelish yo‘llarida qulay sharoitlarni yaxshilash hamda mashg‘ulotlarni o‘tkazish maydonlarining shayligi bo‘yicha tegishli tashkilot mas’ullariga topshiriqlar berildi.
“Navbahor” matbuot xizmati.
Namangan ShahridaNavruz Cup-2022Xalqaro TurnirShavkatjon AbdurazzoqovO‘zbekiston Futbol AssotsiatsiyasiMehmonxonalar Sharoiti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing