16:16 / 23.03.2022
1 025

UYEFA moliyaviy feyr-pleyni bekor qilib, uning o‘rniga yangi tizimni joriy qiladi

UYEFA moliyaviy feyr-pleyni bekor qilib, uning o‘rniga yangi tizimni joriy qiladi
Foto: UYEFA
UYEFA moliyaviy feyr-pley qoidalarini bekor qiladi va uning o‘rniga «moliyaviy barqarorlik qoidalari» deb nomlangan tizimni joriy qiladi, deya xabar qilmoqda The New York Times.

Yangi qoidalarga ko‘ra, klublar so‘nggi uch mavsumdagi daromadining 70 foiz qismini xarajatlarga ishlata oladi. Shu bilan birga maoshlar chegarasi bo‘lmaydi. Bu tizimga o‘tish davri uch yilni o‘z ichiga oladi.

Qayd etilishicha, UYEFA prezidenti Aleksander Cheferin klublardagi tabaqalanishni sekinlashtirish uchun so‘nggi besh yil davomida maoshlar chegarasini joriy qilish uchun kurashgan. Biroq Yevropa mehnat qonunchiligi bo‘yicha bunday amaliyotning deyarli iloji yo‘q. Bundan tashqari bu qoidalarga top-klublar qarshi chiqqan.

Moliyaviy barqarorlik qoidalari ingliz va boshqa klublar o‘rtasidagi tafovutni yana-da ortib ketishiga olib kelishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Angliyadan tashqarida bo‘lgan ko‘plab top-klublar uchun aytilgan muddatdagi 70% daromadni sarflash qiyinchilik tug‘diradi. Birinchi navbatda bu Italiya va Ispaniya klublariga tegishli.

Ushbu qoidalarga o‘rganib olish uchun ma’lum vaqt klublarga 90% daromadni sarflashga ruxsat etiladi. Keyingi uch mavsumda bu raqam 70 foizgacha tushiriladi.

Mazkur qoidalarga amal qilmagan klublar turli sanksiya va jarimalarga uchrashidan tashqari Yevrokuboklarda quyi musobaqa tushirib yuborilishi yoki undan chetlatilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UYEFA moliyaviy feyr-pleyni bekor qilib, uning o‘rniga yangi tizimni joriy qiladi