22:26 / 29.03.2022
1 923

Xet-trikka erishgan Eldor Shomurodov o‘yindan keyin qanday fikr bildirdi?

Xet-trikka erishgan Eldor Shomurodov o‘yindan keyin qanday fikr bildirdi?
“Navruz Cup-2022” turniri finalida O‘zbekiston terma jamoasi Ugandani 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va muxlislarni xursand qildi.
Asosiy hujumchimiz va sardorimiz Eldor Shomurodov uchta gol urib g‘alabaga katta hissa qo‘shdi. Uchrashuvdan keyin Shomurodov “Sport” telekanaliga qisqacha intervyu berdi.

- G‘alaba bilan tabriklaymiz. Uchrashuv borasida fikrlaringiz?
- Tabrik uchun rahmat. Yaxshi turnir bo‘ldi. Bundan oldin ham biz Namanganda o‘ynaganmiz. Bu yerda qanaqa muhit bo‘lishini yaxshi bilamiz. Muxlislar stadionga kelib qo‘llab-quvvatlaganlaridan xursandmiz. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiramiz.

- Uganda anchagina jismonan baquvvat va tezkor futbol namoyish etdi. Bu jamoaga qarshi murabbiy tomonidan qanday ko‘rsatma berildi?
- Terma jamoada ko‘p futbolchilar debyut o‘yinlarini o‘tkazishdi. Terma jamoa qaytadan yig‘ilyapti. O‘z o‘yinimizni rivojlantirishga harakat qilyapmiz. Hurmatni saqlagan holda aytamizki, O‘zbekiston Uganda, Qirg‘iziston kabi terma jamoalardan kuchli. Bizga bunday o‘yinlar o‘z o‘yinimizni yo‘lga qo‘yib olishimiz uchun muhim.

- Terma jamoa tarkibi keskin o‘zgaryapti va o‘yindan-o‘yinga katta o‘zgarishlar bo‘lyapti. Bu sizlarga qiyinchilik tug‘dirmayaptimi?
- Murabbiy ideal tarkib izlayapti deb o‘ylayman. Shuning uchun tarkibni almashtirib ko‘ryapti. Taktik uslublarni sinayapti. O‘ziga yarasha qiyinchiligi bor, ammo hammasi yaxshi. O‘rtoqlik uchrashuvlarida albatta bunday narsalarni qo‘llab ko‘rish kerak.

- Keyingi rejalaringiz qanday?
- “Roma” safiga qaytib chempionat o‘yinlariga tayyorgarlikni davom ettiramiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xet-trikka erishgan Eldor Shomurodov o‘yindan keyin qanday fikr bildirdi?