14:56 / 30.03.2022
1 102

Uganda termasi futbolchisi Ronalduning rekordini urganidan xursand

Uganda termasi futbolchisi Ronalduning rekordini urganidan xursand
Uganda futbol federatsiyasi rasmiy sayti mamlakat terma jamoasi himoyachisi Bevis Mugabi balandga sakrash bo‘yicha “Manchester Yunayted” to‘purari Krishtianu Ronaldu rekordini yangilaganini e’lon qildi. Mugabining o‘zi bunga munosabat bildirdi.

- To‘g‘risini aytsam, men akam telefon qilib, baland sakraganimni aytmagunicha, bu haqda o‘ylab ham ko‘rmagan edim. O‘sha payt bor fikrim jamoamga uch ochkoni olib berishga qaratilgandi. Golim o‘shanda jamoam uchun juda zarur bo‘lgan uch ochko keltirganidan xursand bo‘lgandim, - dedi Bevis Mugabi.

26 yoshli himoyachi Shotlandiya premer-ligasining 2021 yilgi mavsumida 8 fut va 6 dyuym balandlikka sakrab gol urdi. Avvalgi rekord natija Krishtianu Ronalduga tegishli bo‘lib, portugaliyalik to‘purar 2019 yili “Yuventus” safida “Sampdoriya”ga gol urganida 8 fut va 5 dyuym balandga sakragan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Uganda termasi futbolchisi Ronalduning rekordini urganidan xursand