
Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Kayrush Keyrushni o‘z lavozimini tark etishini e’lon qildi. Misr JCH—2022 saralash bosqichida Senegalga imkoniyatni boy berganidan so‘ng, mundial yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi.
- Orzu amalga oshmadi. Biz qo‘limizdan kelgan barcha narsani qilishga urindik, ammo bu yetarli bo‘lmadi. Terma jamoa murabbiyi bo‘lib ishlash sharafiga munosib ko‘rgani uchun Misr futbol assotsiatsiyasiga minnatdorchilik bildiraman. Barcha futbolchilar va xodimlarga rahmat. Siz mening qalbimda abadiy qolasiz.
Bunday fidoyi va qobiliyatli mutaxassislar, ajoyib do‘stlar bilan ishlash, ulardan yordam olish men uchun sharaf. Sizlarsiz hayotimda hech narsa sodir bo‘lmasdi. Sizlar bilan faxrlanaman, do‘stlar.
Misrlik muxlislarga eng yaxshi tilaklarim va minnatdorchiligimni bildiraman, - dedi Karlush Keyrush.
Keyrush 2021 yil sentabr oyidan buyon Misr terma jamoasini boshqarib kelayotgan edi. Mutaxassis qo‘l ostida jamoa Afrika Kubogi finaliga qadar yetib borgan va Senegalga mag‘lub bo‘lgandi.
Keyrush murabbiylik faoliyati davomida Misrdan tashqari Eron, Kolumbiya, JAR, BAA hamda Portugaliya kabi terma jamoalarda ham ishlagan. Shuningdek, «Real Madrid», «Manchester Yunayted» (yordamchi murabbiy), «Nagoya Grampus» va «Sporting» singari klublarda faoliyat yuritgan.
Misr Terma JamoasiKarlush KeyrushBosh MurabbiyJCH 2022Futbol AssotsiatsiyasiAfrika Kubogi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar