00:17 / 01.04.2022
936

Luisma Ernandes: "Futbolda omad hamisha kuchlilarga kulib boqadi"

Luisma Ernandes: "Futbolda omad hamisha kuchlilarga kulib boqadi"
“Qo‘qon-1912” – “Metallurg” (1:0) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes matbuot anjumanida qatnashdi.

- Birinchi bo‘limda himoyaga katta e’tibor qaratib o‘ynadik. Shu sababli raqib vaziyatdan foydalandi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinni o‘zgartirishga maksimal darajada harakat qildik. Futbolda omad hamisha kuchlilarga kulib boqadi.

Oxirgi mashg‘ulot jarayonlarida Zohid Abdullayev va Jasur Xolto‘rayevni jarohati borligi sababli va bugungi uchrashuvga 100 foiz tayyor bo‘lmaganligi uchun ularni ehtiyot qildik. Ikkinchi bo‘limda yosh hujumchimiz Shahzod Ne’matjonovni maydonga tushirdik. Oxirgi paytlarda yaxshi mehnat qilyapti. Kelasi uchrashuvlarda jarohat olgan futbolchilarimiz tarkibga qaytadi va maksimal darajada o‘yin ko‘rsatamiz.

Ixtiyor Toshpo‘latov agressiv o‘ynamadi. Aytishim mumkinki, u kuchli va tez o‘yin ko‘rsatdi. Ikkala jamoa ham tezkor harakat qildi. Shu bois ayrim hollarda hakam o‘yinni to‘xtatishiga to‘g‘ri keldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Luisma Ernandes: "Futbolda omad hamisha kuchlilarga kulib boqadi"