21:30 / 01.04.2022
937

Durbek Umaraliyev: "Ishontirib aytamanki hali "Neftchi" qaytadi"

Durbek Umaraliyev: "Ishontirib aytamanki hali "Neftchi" qaytadi"
Superliganing 4-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Neftchi" (3:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar murabbiyi Durbek Umaraliyev qatnashdi.

"Jangovar o‘yin bo‘ldi. Ikkala jamoa ham g‘alaba uchun borini berdi. "Qizilqum" yangi murabbiy qo‘l ostida yaxshi jamoa shakllantirilmoqda. Bu futbol, bugun biz o‘ylagan rejalarimiz amalga oshmadi. O‘yindagi ayrim vaziyatlar mag‘lubiyatga sabab bo‘ldi, ammo qo‘limizni tushurmaymiz. Tanlagan yo‘limiz bor, shunga qarab olg‘a qadam bosamiz", - dedi Durbek Umaraliyev.

- "Neftchi" jamoasi uchun dastlabki 4ta turda 1ta g‘alaba kam emasmi?
- Albatta kam! "Neftchi" har bir o‘yinda g‘alaba qozonish salohiyatiga ega. Mavsum shunday boshlandi. Yo‘qotilgan ochkolarni keyingi turlarda o‘rnini bosishga harakat qilamiz. Hammasi o‘z joyiga tushib ketadi.

- Oybek Qilichev va Husniddin G‘ofurov nima uchun asosiy tarkibda maydonga tushishmadi?
- Asosiy tarkibni raqibga qarab tuzdik.

- "Neftchi" Kubokda ham "Qizilqum" bilan to‘qnash keladi. Taqvim jamoaingiz uchun og‘ir kelmadimi?
- Yo‘q, aprel oyida 6ta o‘yinimiz bor, uchta kubok, uchta Superligada. Nolishga hojat yo‘q. Taqvim barcha uchun bir xil.

- Ilhom Mo‘minjonov oldingi matbuot anjumanlarida "Neftchi" mavsumni kuchli uchlikda tugatmoqchi ekanligini aytgandi.
- Maqsadimiz o‘zgargani yo‘q. Qaytarib aytaman, yo‘qotilgan ochkolarni keyingi turlarda qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.

- Bugungi natija o‘yinga mosmi?
- Yo‘q, natija o‘yinga mos emas. "Neftchi" muxlislaridan bugungi mag‘lubiyat uchun uzr so‘raymiz. Farg‘onadan kelib bizni qo‘llab quvvatlashgani uchun minnatdorchilik bildiramiz. Ishontirib aytamanki hali "Neftchi" qaytadi. G‘alabalari o‘yinlarimiz oldinda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Durbek Umaraliyev: "Ishontirib aytamanki hali "Neftchi" qaytadi"