"Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan "Paxtakor"ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng (0:1) matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bu birinchi davraning markaziy o‘yinlaridan biri edi. O‘yin va natija haqida gapirsam - agar durang bo‘lganida adolatdan bo‘lardi. Biz hujumda o‘ynamadik. Yaxshi vaziyatlar bo‘lgandi. Afsuski, hujumlarimiz o‘xshamadi", - dedi Samvel Babayan.
- Goldan keyin nima uchundir "Navbahor" oldinga borish o‘rniga, o‘yinni tashlab yuborgandek ko‘rindi.
- Bunday bo‘lmadi. Biz vaziyat yaratib, oldinga borishga urindik. Barcha oxirigacha harakat qildi.
- Mazmunli, jangovar o‘yin ko‘rdik. Intizomni ushlab turdingiz. Lekin, nima uchun bu o‘yin oxirigacha bo‘lmadi?
- Tayanch zonasida qo‘pol xato bo‘ldi. O‘yin darajasiga keladigan bo‘lsak, bu OCHL darajasidagi bahs bo‘ldi. "Navbahor"da hozir jamoa yangi. 60-70 foizga yangilangan. O‘yindan-o‘yingacha maksimal ravishda kuchayamiz.
- O‘yindagi almashtirishlaringiz mag‘lubiyatga ta’sir qildi deb o‘ylaysizmi?
- Yo‘q. Bunga jarohat ham sabab edi. Azim Ahmedovda jarohat bor edi. Grigalashvilida esa almashtirish vaqti kelgandi.
- "Navbahor" o‘yin davomida aniq hujum qilgani yo‘q. Lekin jamoa tarkib jihatdan yaxshi. Balki yaxshiroq hujum bo‘lganida g‘alaba bo‘lardi?
- Biz bugun o‘z salohiyatimizni ko‘rsata olmadik. Xatolar bo‘ldi. Hali buni tahlil qilib chiqamiz. Balki haddan ziyod g‘alaba qozonishni istab yuborgandirmiz.
- O‘tkir Yusupovning o‘yindan keyingi harakatlariga qanday baho berasiz? Bu to‘g‘rimi?
- Bu vaziyatni hali ko‘rmadim.
Aziz To‘xtamurodov yozib oldi
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi