23:48 / 01.04.2022
1 090

Mirjalol Qosimov: "Bugungi g‘alaba jamoaga ruhiy tomonlama yordam beradi"

Mirjalol Qosimov: "Bugungi g‘alaba jamoaga ruhiy tomonlama yordam beradi"
Superliganing 4-turidan o‘rin olgan "Surxon" - AGMK (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Dastlabki ikkita o‘yindan keyin ochkoga ega emasdik, ruhiy jihatdan bosim ostida qolgandik. Ushbu g‘alaba bizga ruhan yordam beradi deb o‘ylayman. "Surxon" jamoasi oxirigacha kurashadi. "Olimpik" va "Navbahor"ga qarshi bahslarda bugungi raqibimiz so‘nggi soniyalargacha o‘ynashdi, shunga tayyorgarlik ko‘rgandik. Uzun paslar bilan o‘ynashini bilardik, yakkakurashlarga katta e’tibor qilishdi. G‘alab osonlikcha qo‘lga kiritilmadi", - deydi Mirjalol Qosimov.

- Anzur Ismoilov va Alisher Jalilovdek futbolchilarning zaxirada qolishi bu ularning jismoniy holati bilan bog‘liqmi yoki raqobat bilanmi?
- Ismoilov Turkiyada yelkasidan jarohat olgandi. Bekoboddagi o‘yinda ikki futbolchimiz jarohatlangan, ikki futbolchimiz qizil kartochka olgandi. Sanjar Tursunov ham hali to‘liq tayyor emas. Anzur bugun ilk bor maydonga tushdi. Jalilov kuni kecha Namangandagi xalqaro musobaqada terma jamoa safida maydonga tushgandi. Shu bois bugun zaxiradan maydonga tushirgandim.

- Tajribali murabbiy sifatida nima deb o‘ylaysiz: O‘zbek futbolida VAR'dagi bahsli vaziyatlarni ko‘rish uchun juda ko‘p vaqt ketmayaptimi?
- Bu tanganing bir tomoni, boshqa tomoni esa har bir o‘yin jangovar tarzda o‘tmoqda, hech kim yutqazgisi kelmayapti. Mana shu bois shunday holat kuzatilmoqda. Lekin dunyodagi yangiliklar bilan hamnafas bo‘lish kerak. To‘g‘ri VAR'ni yanada takomillashtirib, qarorni tezroq qabul qilinsa buning zarari yo‘q.

- Sizning jamoangizda penaltini kim tepishini kim hal qiladi?
- O‘yindan oldin o‘zim tayinlayman. Qo‘limdagi qog‘ozda barchasi yozilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "Bugungi g‘alaba jamoaga ruhiy tomonlama yordam beradi"