09:15 / 03.04.2022
782

Timur Kapadze: "Agar kameralar soni ko‘proq bo‘lganida, VAR qarorlari tez va to‘g‘riroq chiqarilgan bo‘lardi"

Timur Kapadze: "Agar kameralar soni ko‘proq bo‘lganida, VAR qarorlari tez va to‘g‘riroq chiqarilgan bo‘lardi"
Superliganing 4-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" – "Olimpik" (1:1) o‘yinidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida qatnashdi.

- O‘yin haqida
- Futbolimizning 110 yilligi bilan muborakbod etaman. Chunki ozmi-ko‘pmi tarixga egamiz. Nasib qilsa, keyingi yillarda terma jamoalarimizning yutuqlari tufayli katta bayram qilaylik.

Qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Ikki jamoa ham astoydil kurash olib bordi. Maydon sifati borasida ozgina kamchiliklar bor edi, shuning uchun ko‘p kurashlar kuzatildi. Afsuski, o‘yin oxirida penalti tufayli g‘alabani qo‘ldan chiqardik. Ammo bu – futbol. Demak, qayerdadir xato qilganimiz tufayli mag‘lubiyatga uchradik. Umuman olganda, qiziqarli uchrashuv bo‘ldi.

- Jamoangiz raqib qizil kartochka olgandan keyin ham chamasi 10 daqiqani himoyada o‘tkazdi, "Olimpik" hujumga o‘tishi kutilgandi...
- Bugun deyarli tomoshabinga to‘la stadion o‘yin boshidanoq ta’sir o‘tkazdi. Ko‘pchilik bo‘lib qolganimizdan keyin yigitlar faollikni oshirishdi.

- Darvozabon Vladimir Nazarov jarohatdan keyin tiklanishga ulgurdimi?
- Uning jarohati jiddiy emas ekan. U o‘yinga tayyorligi tufayli unga imkoniyat berdik.

- Penalti haqida fikringiz?
- Vaziyatni VAR'da ko‘rib chiqishdi va shunday qarorga kelishdi.

- Superliganing ko‘p o‘yinlarida qizil kartochka va penaltilar ko‘ryapmiz. Gima deb o‘ylasiz, o‘yinlar taqdirini hakamlar hal qilishyaptimi?
- Ko‘pincha VAR bor o‘yinlarda shunday qarorga kelishmoqda. Umuman olganda, menimcha, VAR'da ko‘rilganidan keyin bu yuzasidan boshqa savollar bo‘lmasligi kerak. Qizil kartochkalar kuzatilyaptimi, demak, maydonda emotsiyalarga berilish va jiddiy kurash kechmoqda. Futbol kurashlardan iborat.

- Chempionatimizdagi VAR o‘zini oqlayaptimi?
- VAR butun dunyoda ishlatilmoqda. Ammo bizda kameralar kam, ularni ko‘paytirishimiz kerak. Agar kameralar soni ko‘proq bo‘lganida, qarorlar tez va to‘g‘riroq chiqarilgan bo‘lardi.

- 1-taymdan so‘ng bir yo‘la 2 ta o‘zgarishga qo‘l urdingiz. Bu taktik o‘zgarishmidi yoki shogirdlaringizdan ko‘nglingiz to‘lmadimi?
- Unisi ham, bunisi ham. 1-taymda o‘zini erkin his qilmagan futbolchilarni o‘zgartirishga harakat qildim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze: "Agar kameralar soni ko‘proq bo‘lganida, VAR qarorlari tez va to‘g‘riroq chiqarilgan bo‘lardi"