Xabaringiz bor, joriy yilning noyabr oyida Qatar mamlakatida jahon chempionati boshlanadi. JCH-2022 qur’a tashlash marosimidan so‘ng darhol FIFA taqvimni e’lon qildi: turnir 21 noyabr kuni Niderlandiya va Senegal o‘rtasidagi o‘yin bilan Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da boshlanadi.
Dastlab FIFA mezbon jamoa, ya’ni Qatar va qur’a bo‘yicha raqib bo‘lgan Ekvador an’anaga ko‘ra ochilish o‘yinida maydonga tushishini bildirishgan edi. Oxir-oqibat ularning o‘yini 21:00 ga ko‘chirildi.
Nega bunday bo‘ldi?
FIFA tomoshabinga moslashish asosida taqvim tuzadi: Qatar kichik mamlakat (aholisi 2,8 million kishi) va ko‘plab muxlislarni qabul qila olmasligi sababli, jahon chempionatining asosiy auditoriyasi turnirni televideniye va striming xizmatlari orqali kuzatib boradi. Tashkilotchilar har bir tomoshabinning vaqt mintaqasini hisobga olishi kerak.
Agar Yevropada bu jarayon juda oddiy bo‘lsa, Janubiy Amerika jamoalarining taqvimi bilan bog‘liq vaziyat ancha murakkab. Qatarning ochilish o‘yini aynan Ekvador tufayli qoldirildi: agar ular Qatar vaqti bilan tushdan keyin o‘ynaganida, Ekvadorda ertalabgi 5 ga to‘g‘ri kelardi. FIFA qit’aning aholi soni bo‘yicha oltinchi o‘rinda turadigan mamlakatini (20 million kishi) o‘yindan yoki shirin uyqusidan mahrum qilishni istamadi.
Amerika bilan ham shunday hodisa sodir bo‘ldi, ularning o‘yini Qatardan so‘ng 00:00 da start oladi.
Bu voqea ilgari sodir bo‘lganmi?
2002 yil Yaponiya va Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatiga qadar turnir amaldagi chempion ishtirokidagi o‘yin bilan boshlangan, biroq chempionga keyingi jahon chempionatiga avtomatik yo‘llanma berilmagani sababli, bu an’ana to‘xtatilgan edi.
O‘shandan beri mezbonlar doimiy ravishda dastlabki bahsda maydonga tushishardi. Endi bu an’ana ham buzildi.
Ochilish o‘yini haqida nima deyish mumkin?
Hozircha ma’lum emas. Qatar o‘yinini qoldirish qaroridan keyin FIFA bu mavzuni ko‘tarmadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi