
Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Al-Nassr" klubi o‘z tarkibini yulduz futbolchi bilan kuchaytirmoqchi.
"Transfermarkt" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, riyodliklar Mesut O‘zil bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan. Germaniyalik pleymeykerning transferi 3 million yevroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli futbolchi ayni paytda Turkiyaning "Fenerbaxche" jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Bungacha "Real" Madrid, "Arsenal" kabi grandlar safida to‘p tepgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar