Foto: UYEFA
UYEFA klublar ustidan moliyaviy nazorat o‘rnatish maqsadida moliyaviy feyr-pley qoidalarini isloh qildi.
«Yangi qoidalarning asosiy maqsadi moliyaviy barqarorlikka erishishdir. Bunga uchta asosiy omil orqali erishiladi: to‘lov qobiliyati, barqarorlik va xarajatlarni nazorat qilish», — deydi tashkilot rahbari Aleksandr Cheferin.
Isloh qilingan moliyaviy feyr-pley qoidalaridagi asosiy o‘zgarishlar quyidagilardan iborat bo‘ldi:
- Klublar o‘z xodimlari, boshqa futbol klublari, ijtimoiy va soliq idoralari hamda UYEFA oldidagi qarzlarini har uch oyda (hozirda yiliga bir marta) uzishi shart;
- Jamoalarga uch yil davomida 60 million yevro miqdorida xarajatlarning daromaddan oshib ketishiga ruxsat beriladi (hozirda uch yilga 30 million yevro), shu bilan birga kelishuvlarning adolatliligi, klub balansining yaxshilanishi va qarzlarni kamaytirish masalalari qattiq nazorat qilinadi;
- Transferlar va agentlarning to‘lovlariga sarflanadigan xarajatlar endi klub daromadining 70 foizi bilan chegaralanadi. Qoidabuzarliklar oldindan belgilangan moliyaviy va sport sanksiyalariga olib keladi.
Yangi qoidalari 2022 yil iyun oyidan kuchga kiradi. Klublarga moslashish uchun vaqt berish maqsadida ushbu qoidalar uch yil davomida bosqichma-bosqich amalga oshirilib boradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi