22:09 / 08.04.2022
3 023

Shomurodov o‘ynagan o‘yindan keyin katta janjal bo‘ldi

Shomurodov o‘ynagan o‘yindan keyin katta janjal bo‘ldi
Konferensiyalar ligasi chorak finali dastlabki uchrashuvida g‘alaba qozongan “Budyo-Glimt” bosh murabbiyi Xetil Knutsen “Roma” darvozabonlari murabbiyi Nunu Santosga tashlangani ma’lum bo‘ldi. “Roma” sardori Lorenso Pellegrini bo‘lgan voqeani quyidagicha aytib berdi.

- Yoqimsiz holat yuz berdi. Ularning bosh murabbiyi bizning darvozabonlar murabbiyimizga hujum qildi. Avvaliga u bir nimalar dedi, keyin unga jismonan tashlandi. Bu holat “Roma” o‘yinchilari va xodimlariga nisbatan haqoratdir.

To‘g‘risini aytsam, hozir ko‘rganlarimdan hayratdaman va bu sharmandalikdan boshqa narsa emas. Endi maydon tashqarisidagi bu voqealarni ko‘rib, “Budyo-Glimt”ni musobaqadan chiqarib yuborish ishtiyoqi kuchayib ketdi
, - dedi Lorenso Pellegrini.

Ma’lumotlarga qaraganda, Norvegiya politsiyasi yuz bergan voqea bo‘yicha surishtiruvlarni boshlab yuborgan. Ular mezbon jamoa bosh murabbiyi, “Roma” darvozabonlari murabbiyi va voqeaga guvoh bo‘lgan o‘yinchilarni suhbatga chaqirgani aytilmoqda.

“Budyo-Glimt” bosh murabbiyi Knutsen o‘yin oldidan ham Joze Mourinoni tanqid qilgan edi. O‘yindan keyingi voqea bo‘yicha o‘zini quyidagicha oqladi.

- Halol o‘yin kam bo‘ldi. Ular bu yerga boshqa maqsadlarda kelgan. Murabbiy (Nunu Santos) o‘zini jinnidek tutdi. U meni uchrashuv oldidan ham, butun o‘yin davomida ham haqorat qildi. Bu mening o‘z ishimni bajarishimga xalaqit qildi. Men bunaqasini avval hech ko‘rmagandim, - dedi Xetil Knutsen.

Mourino xavotirda

“Budyo-Glimt”ga qarshi uchrashuvning ikkinchi bo‘limida rimliklarning asosiy himoyachilaridan Janluka Manchini jarohat olib, maydonni tark etdi. Murabbiylar shtabi uning o‘rniga Kris Smollingni tushirishga majbur bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Manchinining tizzasi lat yegan va Italiyaga qaytganidan keyin chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Shundan so‘ng, jarohat darajasi va davolanish muddati aniq bo‘ladi.

Mourino bu holatni sun’iy qoplamali maydon bilan bog‘ladi.

- Meni Manchining jarohati bezovta qilyapti. Bu jarohat sintetik qoplama ta’sirida kelib chiqdi, - dedi "Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino.

Ta’kidlash joizki, “Roma” o‘yinchilarining aksariyati maydonning sifatiga e’tirof bildirib, xalqaro miqyosdagi musobaqalarda sun’iy qoplamadan foydalanmaslik fikrini ilgari surmoqda. Norvegiya qorli mamlakat bo‘lgani uchun tabiiy chimli maydonni tayyorlash murakkab vazifa hisoblanadi.

Diqqatni jamlay olmadik!

“Roma” himoyachisi Marash Kumbulla “Budyo-Glimt”dan 1:2 hisobida uchralgan mag‘lubiyat sabablarini ochiqladi.

- Biz diqqatimizni yetarli darajada jamlay olmadik. Chunki yakshanba kuni A Seriyadagi o‘yinni va norvegiyaliklarga qarshi javob uchrashuvini o‘ylay boshlagandik.

Hali o‘yinimizni rivojlantirishim kerak bo‘lgan jabhalar bor. Bugungi uchrashuvda ham xatolar bo‘ldi. Lekin hozir bularni gapirishdan foyda yo‘q. Biz yaqin kunlarda o‘yinni tahlil qilib chiqamiz va qayerda qanday xatoga yo‘l qo‘yganimizni bilib olamiz
, - dedi Marash Kumbulla.

Konferensiyalar ligasi chorak finalining javob uchrauvi 14 aprel kuni Rimdagi “Olimpiko” stadionida bo‘lib o‘tadi. Aytish kerakki, Joze Mourino shogirdlari joriy mavsumda “Budyo-Glimt”ga uch marotaba to‘qnash kelib, birortasida g‘alaba qozona olmadi. Norvegiyaliklar o‘z maydonida 6:1, 2:1 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, Rimdagi to‘qnashuvda jangovar 2:2 hisobi qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov o‘ynagan o‘yindan keyin katta janjal bo‘ldi