
Xabaringiz bor, ayni damda Osiyo Chempionlar ligasining G‘arb mintaqasi guruh bosqich uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Qit’aning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqasida O‘zbekistonning ikki klubi – “Paxtakor” va “Nasaf” ishtirok etmoqda. “Sherlar” ilk turda Eronning “Sepaxon”iga 3:1 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, “Nasaf” Qatarning “Al-Sadd” klubi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Endi “Paxtakor” guruh bosqichining navbatdagi uchrashuvini 11 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:15 da Saudiya Arabistonining “Al-Taavun” klubiga qarshi o‘tkazadi. “Nasaf” esa 11 aprel kuni Iordaniyaning “Al-Vexdat” klubiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da boshlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar