09:00 / 10.04.2022
1 157

«PSJ» yirik g‘alabaga erishdi, Neymar va Mbappedan xet-trik, Messida esa 3 ta assist (video)

«PSJ» yirik g‘alabaga erishdi, Neymar va Mbappedan xet-trik, Messida esa 3 ta assist (video)
Fransiya chempionatining 31-turida PSJ safarda “Klermon”ga qarshi bahs olib bordi.

«Klermon» mezbonligida o‘tgan bellashuvda umumiy hisobda 7 ta gol urildi, shulardan 6 tasi parijliklar hisobiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, mezbonlarda bu ko‘rsatkich bittani tashkil qildi. Kilian Mbappe va Neymar o‘z hisobiga 3 tadan gol yozdirib qo‘ydi. Lionel Messi esa 3 ta golga hammualliflik qildi.

Ushbu g‘alabadan keyin «PSJ»ning ochkolari soni 71 taga yetdi. Jamoa 2-o‘rindagi «Renn»dan 15 ochkoga ilgarilab ketgan. «Klermon» esa 17-pog‘onani band etib turibdi.

«Klermon» – «PSJ» 1:6
Gollar:
0:1 – 6 Neymar, 0:2 – 19 Mbappe, 1:2 – 42 Dossu, 1:3 – 71, penalti Neymar, 1:4 – 74 Mbappe, 1:5 – 80 Mbappe, 1:6 – 83 Neymar.
«Klermon»: Dema, Zedadka, Billong (Oje, 90), Seydu, Mendi, Gasten, Bertome (Ke, 67), Dossu (Allevina, 66), Kaui (Da Kunya, 67), Manen, Bayo (Buskets, 84).
«PSJ»: Donnarumma, Hakimi (Ebimbe, 86), Ramos, Kimpembe (Kerer, 79), Mendesh (Bernat, 85), Guye (Veynaldum, 67), Danilu Pereyra, Verratti (Mishyu, 85), Messi, Neymar, Mbappe.
Ogohlantirishlar: Neymar (53), Gasten (70).

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «PSJ» yirik g‘alabaga erishdi, Neymar va Mbappedan xet-trik, Messida esa 3 ta assist (video)