
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi saralashi doirasida Afg‘onistonni mag‘lab etib, muddatidan oldin Osiyo Kubogi-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Afg‘onistonga qarshi o‘yinda o‘zbekistonlik sportchilar 5:1 hisobida zafar quchishdi. Jamoa safida Ixtiyor Ropiyev dubl qayd etgan. Husniddin Nishonov, Davron Choriyev va Dilshod Rahmatov bittadan golga mualliflik qilishdi.
Bu g‘alaba orqali ochkolarini 6 taga yetkazib olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi muddatidan avval Osiyo Kubogi yo‘llanmasiga ega chiqdi va guruhda peshqadamlik qilmoqda.
O‘zbekiston guruh bosqichining dastlabki turida Nepal terma jamoasi ustidan ham 5:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. So‘ngi bahs ertaga Tojikistonga qarshi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston FutzalOsiyo KubogiAfg‘oniston O‘yiniIxtiyor RopiyevJamoa G‘alabasiGuruh Bosqichi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar