Afsuski, Eldor Shomurodov hozirda "Roma"ning yetakchi hujumchisi va asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘la olmaganini tan olish lozim.
Ayni damda hamyurtimizning hisobida A Seriya doirasida 23 uchrashuv, 2ta gol va 3ta golli uzatma mavjud. Shuningdek, Eldor Italiya Kubogi doirasidagi bahsda ham 1ta gol urgan. U atigi 4 marta boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi. Ochig‘i, gap uning formasida emas, shunchaki, yozda "Chelsi"dan kelgan Temmi Abraxam hujum chizig‘idagi ajoyib o‘yini bilan 15ta (!) gol urishga erishdi.
Joze Mourino bir necha bor ikki hujumchini duet sifatida o‘ynatib ko‘rishga harakat qildi, biroq bu unchalik ham yaxshi samara bermadi. Qizig‘i, bu taktikada Abraxamning o‘yini chiqmadi. Ammo Shomurodov ikki hujumchi sxemasida aksincha o‘zini qulayroq his qildi. Unga yordamchi hujumchi rolida o‘ynash va sheriklariga vaziyatlar yaratib berish osonroqdek. "Jenoa"da ham shunday edi, "grifonlar" asosan 3-5-2 sxemasida o‘ynashgan. Joze Mourino esa yagona forvardli modelni afzal ko‘radi.
Tabiiyki, bunday vaziyatda Shomurodov tez orada "jalorossi"dan ketishi mumkin degan gap-so‘zlar tarqadi. Yetarlicha o‘yin amaliyoti taqdim etilmayapti, ayniqsa oxirgi vaqtlarda. Eldor maydonga tushganida "Jenoa"dagi, shuningdek, Rimda yangi yilgacha bo‘lgan o‘yinlaridagi kabi xavfli emas. Shomurodov oxirgi marta yanvarda "Lechche"ga qarshi uchrashuvda gol urgan edi, o‘shanda "Roma" 2:1 hisobida g‘olib bo‘lgan. Shunga qaramay, Shomurodovning o‘zi Italiya poytaxtida qolish niyatida ekanini aytgandi, "Roma" ham xulosa chiqarishga shoshmayapti. Qolaversa, "bo‘rilar" yozda hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi ekanini inobatga olsak, bunday variantdan voz kechish to‘g‘ri emas.
Xo‘sh, agar A Seriya haqida gapiradigan bo‘lsak, Shomurodov qayerga o‘tishi mumkin? Hayolga birinchi bo‘lib u o‘zini juda qulay his qilgan Genuyaga qaytsin degan fikr kelishi mumkin. Biroq muammo shundaki, katta ehtimol bilan "grifonlar" elitadan tushib ketishadi, B Seriyada o‘ynash O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisining rejalarida yo‘qligi esa aniq.
"Sassuolo" ham yomon variant emas. Jamoa yorqin futbol namoyish etmoqda va u yerda hujumchidan nafaqat gol urish, balki hujum guruhi a’zolari bilan o‘zaro tushunib harakat qilish, ba’zida sheriklarini bosimdan qutqarishi talab etiladi. Hozirda shu ishni Skamakka bajarmoqda, ammo yozda u kuchliroq klubga yo‘l olishi deyarli aniq. Shunday ekan, forvard roli bo‘sh qoladi. "Neroverdi"ning hujum chizig‘i qanday o‘ynayotganiga qarab, 4ta futbolchi ketadi deyish mumkin. Roberto Dionizi esa hujumdagi o‘yinni tiklashi kerak bo‘ladi. Shomurodovning tajribasi yangilangan model uchun ayni muddao bo‘ladi.
Shuningdek, "Torino"ga ham e’tibor qaratish lozim. Ivan Yurich jamoasi ko‘p gol urmaydi, lekin bu yerda Sanarabiya va Belottining tez-tez jarohat olishi ham muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. "Buqalar"ning hujumi stabil emas. Shu sababli, Turin klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun variant izlaydi, ayniqsa, Belottining ketishi haqidagi mish-mishlar tobora ko‘paymoqda. "Roma" va "Torino" o‘rtasida o‘ziga xos almashuv ham bo‘lishi mumkin. Uning natijasida Andrea Rimga jo‘nab ketadi, Eldor esa Turinga ko‘chib o‘tadi. Shunday vaziyatda Shomurodov ko‘proq qarshi hujum qiladigan jamoada bo‘lib, o‘zining kuchli tomonlarini ko‘rsata oladi.
Shomurodov uchun stilistik tomondan eng maqbul variant, nazarimizda, "Verona". "Mastiflar" o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatli o‘yinlardagi "Jenoa"ga juda ham o‘xshaydi. Jamoa ikki hujumchi va tajovuzkor qanot yarim himoyachilari bilan o‘ynaydi. Bosh qaxramon rolida 16ta gol urgan Jovanni Simeone, ammo hujumdagi sheriklari Kaprari yoki Lasanyaning ko‘magisiz Diyego Simeone o‘g‘li bunday natijaga erisha olmasdi. E’tiborli jihati, Igor Tudorning tarkibida Shomurodov yozda kuchliroq klubga ketishi mumkin bo‘lgan Simeonening o‘rnini bosa oladigan figuraga aylanishi ham mumkin yoki uning doimiy sherigiga aylanishi ham ehtimoldan holi emas. "Verona"ning uslubi Eldorning barcha kuchli tomonlarini yanada ochishi va kamchiliklarini yopib ketishi mumkin. Bu jarayonni kuzatish ancha qiziq bo‘lardi.
Biroq, albatta, Rimdagi imkoniyatlarini ham unutmaslik lozim. "Jenoa"dagi statistikasiga nazar tashlasak, Shomurodov o‘tgan mavsum 8ta gol urgan va ulardan 5tasi 24 aprel — 22 may oralig‘ida qayd etilgan. Eldor mavsum oxirida faollashdi va e’tiborini bevosita darvozaga qaratdi. Kim biladi deysiz, balki hozir ham shunga o‘xshash holat yuz berar?! "Roma" yevrokubokdagi o‘rin uchun mavsum yakunida jiddiy kurash olib boradi va so‘nggi oylarga qaraganda, Shomurodovga ko‘proq vaqt berilsa kerak. Har holda shunga umid qilamiz. Qolgani esa faqat Eldorning o‘ziga bog‘liq...
Sergey Rumyansev tayyorladi
Nozima Zaripova tarjimasi
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Nozima Zaripova tarjimasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi