
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Konferensiyalar ligasi doirasida "Bude-Glimt"ga qarshi o‘yin oldidan fikrlarini bildirdi.
"Yaxshi o‘yin bo‘lishini kutyapman. Kim kuchli bo‘lsa o‘sha yutsin, ya’ni biz. O‘tgan hafta payshanba kuni bo‘lgan ish - xotiralardan o‘chgani yo‘q. O‘yin yaxshi ketayotgandi, keyinchalik birgina noxush holat barchasini buzib yubordi. Hozir biz shunchaki o‘ynashni istaymiz. Assistentlarim qattiq jaxl otiga mindi? Bu yolg‘on. Bu juda ko‘p gapiriladigan yolg‘on", - dedi Mourinyu.
"Roma" hamda "Bude-Glimt" jamoalari ishtirokidagi chorak finalning dastlabki o‘yinida norvegiyaliklar 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar