UYEFAga a’zo 10 dan ortiq davlat assotsiatsiyalari FIFA tomonidan jahon chempionatini har ikki yilda bir marta o‘tkazish rejasi e’lon qilinganidan so‘ng ushbu tashkilot safidan chiqish haqida o‘ylay boshlagan.
Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq FIFA milliy federatsiyalarga mundialni har ikki yilda bir marta o‘tkazish haqida hujjat tarqatgan edi. Ushbu o‘zgarishlar 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin qabul qilinishi taklif qilinmoqda.
Bungacha FIFA rahbari Janni Infantino har ikki yilda bir marta jahon chempionatini o‘tkazish g‘oyasining asosiy afzalliklari haqida to‘xtalib o‘tgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2026 yildan boshlab jahon chempionati 48 davlat ishtirokida o‘tishi allaqachon hal qilingan masala bo‘lib, jahon chempionatini har ikki yilda o‘tkazish masalasi esa hali muhokama qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi