
Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining bir qator qoldirilgan o‘yinlari 20 aprel, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
«Chelsi» 25-turning qoldirilgan o‘yinida o‘z maydonida «Arsenal»ni qabul qildi. Uchrashuvning 13-daqiqasida Edvard Nketia hisobni ochdi. 17-daqiqada Timo Verner muvozanatni tikladi. 27-daqiqada Emil Smit-Rou «kanonirlar»ni hisobda oldinga olib chiqdi. 32-daqiqada Sezar Aspilikueta hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Nketia gol urib, dublni rasmiylashtirdi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida Bukayo Saka penaltidan unumli foydalanib, «Arsenal»ning g‘alabasini ta’minladi.
«Manchester Siti» 30-tur doirasidagi o‘yinda «Brayton» bilan bahs olib bordi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. «Shaharliklar» safida Riyod Mahrez, Fil Foden va Bernardu Silva o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Pep Gvardiola shogirdlari ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 77 taga yetkazdi va 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Brayton» 40 ochko bilan 10-pog‘onadan joy olgan. «Arsenal» 57 ochko bilan 5-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, «aristokratlar» 62 ochko bilan 3-o‘rinni band etib turibdi.
«Chelsi» — «Arsenal» 2:4
Gollar: 0:1 – 13 Nketia, 1:1 – 17 Verner, 1:2 – 27 Smit-Rou, 2:2 – 32 Aspilikueta, 2:3 – 57 Nketia, 2:4 – 90 Saka (penalti).
«Chelsi»: Mendi, Aspilikueta, Kristensen (Tiago Silva, 46), Sarr, Jeyms, Alonso (Ziyosh, 81), Kante, Loftus-Chik, Maunt, Lukaku (Havers, 60), Verner.
«Arsenal»: Remsdeyl, Uayt, Holding, Gabriel, Nunu Tavaresh, Jaka, an-Nenni, Edegor, Smit-Rou (Soaresh, 75), Nketia (Martinelli, 70), Saka (Lyakazett, 90).
Ogohlantirishlar: Sarr (65), Maunt (84), Gabriel (90), Aspilikueta (90).
«Manchester Siti» — «Brayton» 3:0
Gollar: 1:0 – 53 Mahrez, 2:0 – 65 Foden, 3:0 – 82 Bernardu Silva.
«Manchester Siti»: Ederson, Joau Kanselu, Stounz (Zinchenko, 77), Lyaport, Ake (Ruben Diash, 46), Gundo‘g‘an, de Bryuyne (Gabriel Jezus, 83), Rodri, Bernardu Silva, Foden, Mahrez.
«Brayton»: Sanches, Lempti (Uebster, 61), Dank, Veltman, Kukurelya, March, Mak Allister, Mvepu, Kaysedo (Sarmiento, 73), Gross, Uelbek (Mope, 77).
Ogohlantirishlar: Mak Allister (79), Uebster (81), Dank (89).
«Everton» — «Lester» 1:1
Gollar: 0:1 – 5 Barns, 1:1 – 90 Risharlison.
«Nyukasl» — «Kristal Pelas» 1:0
Gol: 1:0 – 32 Almiron.
FutbolAngliya ChempionatiArsenal ChelsiManchester SitiBraytonGollar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing