Foto: Xiaomiyoupin
Xitoyning Xiaomi kompaniyasi «aqlli» eshik loyihasini ishga tushirish uchun kraudfanding maydonchada mablag‘ yig‘moqda, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru. Ayni vaqtda eshikning namunalari va nomi — Xiaobai Blade Star mavjud. Qurilmani ochishning qo‘shimcha usuli — barmoq izi skaneri, parol yoki NFC. Shuningdek, unda ikkita displey mavjud: 5 dyuymli tashqi va 10,1 dyuymli ichki.
Butun tizim sakkiz yadroli MadiaTek Kompanio 500 protsessori bazasida ishlaydi. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, smart-eshiklar 1 metrgacha bo‘lgan masofada yuzni bir soniyadan kamroq vaqt ichida taniy oladi. Devays xotirasida bir vaqtning o‘zida 255 tagacha yuz «saqlanadi» va uni tanishdagi xatolik ehtimoli juda kam.
«Mo‘’jiza-eshik»ka ikkita kamera o‘rnatilgan — tungi ko‘rish rejimli va oddiy. To‘laqonli videochaqiruv va eshik orqali muloqot uchun mikrofon ham o‘rnatilgan. Gadjetning ishlashiga PIR (harakatni aniqlovchi passiv infraqizil datchik) yordam beradi.
Devays Xiaomi’ning «aqlli» ekotizimli uylari bilan integratsiyalasha oladi. Dasturni o‘rnatishda eshikni smartfon bilan kirish eshigini sinxronlashtirish imkoniyati mavjud. Agarda uy egasi eshikni tasodifan ochiq qoldirsa yoki uyda yo‘qligida kimdir kelsa, xabarnoma keladi.
Foto: Xiaomiyoupin
Xiaobai Blade Star qalinligi 3,5 dyuymli temir qatlamidan tayyorlangan.
«Aqlli» eshik bir necha xil o‘lcham va ikki xil rangda taqdim etiladi: kul rang va jigarrang. Eshikni oldindan 7999 yuan (1250 dollar) evaziga oldindan buyurtma qilish mumkin. Kraudfanding loyihasi yakunlangach, uning narxi 12 999 yuanga (2050 dollar) yetadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas