Foto: «Satsis»
6G — 1 soniyada 1 terabit tezlikdagi giperaloqa standarti. Oltinchi avlod texnologiyasini bozorga kiritishga yaqin turgan kompaniyalardan biri — «Samsung Electronics» texnik hujjatlar taqdimotini o‘tkazdi — «6G Spectrum: Expanding the Frontier» (6G spektri: chegaralarning kengayishi).
Ijrochi vitse-prezident Sunxen Choy ta’kidlashicha, kompaniya 6G kommunikatsiyalar texnologiyasini ishlab chiqish va standartlashtirish bilan anchadan beri band. Tadqiqotlarda ancha ilg‘ormiz,shunga qaramay, giperaloqa borasidagi ishlanmalarimizni taqdim etish va kengaytirish uchun o‘z xulosalarimiz bilan bo‘lishishga tayyormiz, dedi u.
Shu tariqa kompaniya kelajak texnologiyasini bozorga olib kirish va ommaviy ishlab chiqarish bosqichiga yetib kelganini ma’lum qildi.
6G standartini joriy etish uchun «yuzlab MGs dan o‘nlab GGs gacha» diapazondagi kanallar kerak.
Kompaniya kelgusi avlod aloqasining qoplami sifatiga jiddiy e’tibor qaratyapti. Shuning uchun 6G uchun barcha diapazonlar: 1 GGs dan past quyi chastotalardan tortib 1-24 GGs gacha o‘rta chastotatalar va hatto yuqori chastotali 24-300 GGs diapazonlarda ishlovchi oltinchi avlod standartlari ustida izlanishlar olib borilmoqda.
«Samsung» kompaniyasi ma’lum qilishicha, 6G da tezlik sekundiga 1 terabitgacha ko‘tarilishi mumkin, bu 20 Gbit/s tezlikdagi 5G dan 50 baravar tezroq. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi