15:34 / 06.06.2022
1 391

Garantex kriptovalyuta birjasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi

Garantex kriptovalyuta birjasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Foto: Bloomberg
Garantex kriptovalyuta birjasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda O‘zbekistonda o‘tkazilgan «Banklar va chakana savdo» PLUS-forumi yakunlarida birjaning savdo bo‘yicha direktori Vladimir Yelenskiy ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda kriptoaktivlar muomalasi sohasida siyosatni ishlab chiqishga qaratilgan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

- Forumda biz nazorat qiluvchi organlar va banklar vakillari, shuningdek, O‘zbekistonda Garantex vakolatxonasini ochishdan manfaatdor bo‘lgan potensial hamkorlar bilan muloqot qildik, — dedi Vladimir Lenskiy.

Forum davomida Garantex marketing bo‘yicha direktori Yevgeniya Burova sessiyada «Bank transformatsiyasining xilma-xilligi, ochiq API, Kripto, Blokcheyn» kriptovalyutalarni rivojlantirish bo‘yicha taqdimot qildi.

Yevgeniya Burova texnologik bosqichlar, kriptovalyuta emissiyasi, bozor yetukligi va sanoat inqirozlari haqida gapirdi.

- Kriptovalyutalarni qonuniylashtirish amalga oshirilgan juda ko‘p mamlakatlar bor. Biz texnologiyani qabul qilish bosqichidamiz. Taxminlarga ko‘ra, Rossiyada 6-17 milliongacha kriptohamyon egalari mavjud. Hatto 6 million ham juda ko‘p, — dedi Yevgeniya Burova.

Forum 25—26 may kunlari Toshkentdagi International Hotel mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan. Dasturda bank va chakana savdoni rivojlantirish va raqamli transformatsiya qilishning eng dolzarb masalalari muhokamasi hamda ularning o‘zaro manfaatli muloqoti o‘rin olgan.

Ishtirokchilar orasida bank va to‘lov sohasi bo‘yicha dunyoning yetakchi mutaxassislari, chakana savdo tarmoqlari, elektron tijorat, ulgurji kompaniyalar, savdo markazlari rahbarlari bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Garantex kriptovalyuta birjasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi