18:33 / 20.02.2015
7 493

Sony kompaniyasi smartfon ishlab chiqarishni to‘xtatishi mumkin

Sony kompaniyasi smartfon ishlab chiqarishni to‘xtatishi mumkin

Sony rahbari Kadzuo Xirai press-konferesiyada kompaniya televizor hamda mobil telefonlar bozoridan ketishi mumkinligini ma’lum qildi.

Sony rahbari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yapon kompaniyasi smartfon hamda televizor bozorida daromad olmayapti. Bu borada kompaniya Osiyodagi arzon mahsulot ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, shuningdek, Apple va Samsung Electronics kompaniyalari bilan bo‘ladigan raqobat sabab zarar ko‘rmoqda.

Sony bularning o‘rniga kompaniyaga ko‘proq daromad keltiradigan yo‘nalish: kamera uchun sensorlar, videoo‘yinlar va boshqa ko‘ngilochar narsalar ishlab chiqarishga e’tiborini qaratmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, kompaniya o‘zining mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchi bo‘linmasidan voz kechishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar ko‘pdan beri bor. Xususan, yanvar oyida Sony Mobile Communications sotilishi mumkinligi haqida navbatdagi mish-mishlar paydo bo‘lgan, biroq aynan qaysi kompaniya sotib olmoqchiligiga aniqlik kiritilmagandi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Sony kompaniyasi smartfon ishlab chiqarishni to‘xtatishi mumkin