19:47 / 13.06.2022
1 702

Bitkoin yana quladi. Bunga nima sabab bo‘lmoqda?

Bitkoin yana quladi. Bunga nima sabab bo‘lmoqda?
Foto: CoinDesk
Bitkoinning narxi bir yarim yil ichida eng past darajaga tushib ketdi. CoinDesk portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 18:40 ga kelib virtual valyutaning qiymati 23,389 dollarga tushib ketdi.

Bu esa kriptovalyutaning 2020 yilning dekabridan beri eng arzon ko‘rsatkichidir. Uning narxi bir kun ichida 3,5 ming dollarga pasayib ketdi.

Ayni paytga kelib bitkoinning bozor qiymati 450 mlrd dollardan oshiq bo‘lib turibdi.

2021 yil noyabr oyida kriptovalyuta narxi 67 ming dollargacha ko‘tarilgan edi.

Kriptovalyuta bozorining qulashi sabablaridan biri Qo‘shma Shtatlardagi inflyatsiya bo‘yicha yangi statistika kutilganidan yuqori bo‘lgani hisoblanadi.

Statistik ma’lumotlar e’lon qilinganidan so‘ng, fond bozoridagi aksiyalarning qiymati ham pasayib ketdi va AQSHning ikki yillik g‘aznachilik obligatsiyalarining daromadliligi 2008 yildan beri maksimal darajaga ko‘tarildi.

Bundan tashqari, kriptovalyuta bozoriga butun dunyo bo‘ylab markaziy banklar tomonidan pul-kredit siyosatining keskinlashuvi salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Bitkoin yana quladi. Bunga nima sabab bo‘lmoqda?