«3 foiz obunachi Telegram’ning barcha xarajatlarini qoplay oladi» — Pavel Durov

«3 foiz obunachi Telegram’ning barcha xarajatlarini qoplay oladi» — Pavel Durov
Foto: «TASS»
Telegram’da pullik obunaTelegram Premium paydo bo‘lgan edi. Hozirda Telegram’ning oylik foydalanuvchilari soni 700 milliondan oshdi. Telegram asoschisi Pavel Durov qancha obuna orqali messenjer xarajatlarini qoplash mumkinligi haqida ma’lum qildi.

-Telegram Premium’ning afzalligi shundaki, agar foydalanuvchilarning atigi 2,5-3 foizi ushbu obuna uchun ro‘yxatdan o‘tsa, messenjer o‘z xarajatlarini faqat foydalanuvchilari tomonidan qoplay oladi, — deb yozgan Durov.

Unga ko‘ra, bu ijtimoiy media xizmatlari tarixiga yangi, foydalanuvchiga yo‘naltirilgan davrni olib kiradi.

Premium obuna narxi — oyiga 65 ming so‘m atrofida. Unga ega bo‘lgan foydalanuvchilar esa Telegram’da reklamadan ozod bo‘ladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar