1 437
Honor o‘z smartfonlarini O‘zbekiston orqali Rossiyaga yetkazib berishni yo‘lga qo‘ymoqchi
Foto: Vedomosti
Avval Huawei kompaniyasiga tegishli bo‘lgan Xitoyning Honor smartfonlar ishlab chiqaruvchisi qurilmalarni Rossiyaga rasmiy yetkazib berishni to‘xtatdi. Bu haqda «Vedomosti»ga elektronika distribyutorlaridan biridagi manba xabar berdi.
Honor Rossiya bozorini tark etishi haqida rasmiy bayonot bermadi. Ammo ushbu ishlab chiqaruvchidan Rossiyaga qurilmalarni yetkazib berish mart oyida to‘xtatilgan.
Qayd etilishicha, hozir Xitoy kompaniyasi Armaniston, Gruziyadan hamkorlar izlamoqda va O‘zbekistonda smartfonlarni parallel import orqali Rossiyaga olib kirish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
«MDH mamlakatlarida distribyutorlar tarmog‘ining kengayishi Honor Rossiyaga yetkazib berishni qaytadan boshlashini isbotlashi mumkin», - deya qo‘shimcha qildi «Vedomosti» manbasi.
MDHdagi distribyutorlar bilan ishlash kompaniyaga sanksiyalar xavfini kamaytirish imkonini beradi, deb tushuntirdi «Infoline-analitiki» bosh direktori Mixail Burmistrov.
Maishiy elektronika cheklovlarga tushmasa-da, Xitoy kompaniyalari avvaldan xavfsiz yo‘lni tanladi va parallel importni qonuniylashtirishni kutgan holda yetkazib berishni chekladi, deya qo‘shimcha qiladi u.
«Ikkinchi darajali sanksiyalarning ehtimoliy salbiy oqibatlarini hisobga olgan holda, ular uchun xavflarni minimallashtirishning bunday formati mantiqiy ko‘rinadi. Rossiya bilan ishlashda xavflarni kamaytirish va hech qanday bayonotlarsiz yetkazib berishni cheklash hozirda ko‘plab Xitoy kompaniyalarning siyosati», - deydi Burmistrov.
30 mart kuni Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin hukumat qarorini imzoladi, unda parallel import uchun javobgarlik bekor qilingan. Ammo davlat dumasi parallel importni qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qonunni uchinchi, yakuniy o‘qishda 21 iyun kuni tasdiqladi. Unda ishlab chiqaruvchining yoki mualliflik huquqi egasining roziligisiz tovarlarni Rossiyaga olib kirish va ulardan foydalanish imkoniyati nazarda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...