date

UzMobile katta binolarda aloqa sifatini yaxshilashga qaratilgan rejasini amalga oshirishni boshladi

UzMobile katta binolarda aloqa sifatini yaxshilashga qaratilgan rejasini amalga oshirishni boshladi

Zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda, UZMOBILE katta binolarda aloqa sifatini yaxshilashga qaratilgan rejasini amalga oshirishni boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida, operator tomonidan katta maydonga ega bo‘lgan (sotuv markazlari, ko‘rgazma markazlari, biznes markazlari, ofis binolari va h.k.) binolarda radiouzatishni qismli taqsimlovchi baza stansiyalari uskunalarini (Lamp Site) o‘rnatilmoqda.

Mazkur innovatsion echim kichik o‘rnatilgan antennali radiobloklardan tashkil topgan bo‘lib, uning kichik hajmi shift va devorga o‘rnatishga imkon yaratadi. Ularni lampa yoki datchikga o‘rnatish ham mumkin. “Lamp Site” – bu mavjud baza stansiyalari kontrolleriga ulangan baza stansiyasi bo‘lib, qamrov tarmoqlarini bino ichida makro darajali tarmoqlar bilan yuqori sinergiyasini ta’minlaydi. Shu ta’kidlab o‘tish kerakki, rejalashtirilgan natijalarga erishish uchun “O‘zbektelekom” AK “TShTT” filiali tomonidan taqdim etilayotgan “So‘nggi mil” ishonchli echimi orqali, ichki qamrov echimi UZMOBILE tomonidan amalga oshiriladi.

“Samarqand Darvoza” Savdo Ko‘ngilochar Majmuasida bunday uskunalar o‘rnatilib bo‘lindi, endi Siz uzluksiz tarmoqda bo‘lish, qo‘ng‘iroqlar amalga oshirish va UZMOBILE tarmog‘i qamro‘vida sifatli aloqada bo‘lish imkoniyatiga egasiz. Agar oldinlari SKM ichida aloqa sifatini pasayishi hollari, signal yo‘qolishi yoki internet barqarorligi buzilishi muammolari bo‘lgan bo‘lsa, hozirda cheksiz muloqot uchun mobil aloqa sifati sizni quvontiradi!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » UzMobile katta binolarda aloqa sifatini yaxshilashga qaratilgan rejasini amalga oshirishni boshladi