
2022 yil tugashiga hali ancha bor, ekspertlar esa 2023 yilning eng kuchli smartfonini aniqlashga urinishmoqda.
DigiTimes yozishicha, ular TSMC kompaniyasi top-menejerlarining bayonotlariga suyanishmoqda. Yangi protsessorimiz bozorda eng kuchlisi bo‘ladi, deyilgandi bayonotlarda. U 3-nm texnik jarayon me’yorlari bo‘yicha ishlab chiqariladi.
Bunaqa protsessor o‘rnatilgan smartfon faqat 2023 yilning ikkinchi yarmiga borib chiqariladi. Mutaxassislarning taxminlariga ko‘ra, bu — iPhone 15 Pro. Apple va TSMC mustahkam va sermahsul hamkorlik qilayotgani nuqtai nazaridan, taxmin qiluvchilar adashmagan.
Ushbu kollaboratsiya (hamkorlik) yangi ayfonni yanagi yilning eng kuchli smartfoniga aylantiradi.
Eslatib o‘tamiz, bu yilgi yangi ayfon (iPhone 14) taqdimoti 7 sentabrda o‘tkazilishi kutilmoqda.
YilEng Kuchli SmartfonTSMC KompaniyasiProtsessorimiz BozordaIPhone 15 ProApple Hamkorlik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing