15:21 / 12.10.2022
1 041

Rosinfomonitoring Meta platformasini ekstremistlar va terrorchilar ro‘yxatiga kiritdi

Rosinfomonitoring Meta platformasini ekstremistlar va terrorchilar ro‘yxatiga kiritdi
Federatsiya Kengashining konstitutsiyaviy Qonunchilik qo‘mitasi raisi Andrey Klishas kompaniya xizmatidan odatiy ravishda foydalanish qonunni buzish hisoblanmasligini aytdi.

Ukrainada maxsus operatsiya boshlangandan so‘ng Meta platformasi tomonidan Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida Rossiya harbiylariga nisbatan zo‘ravonliklarni aks ettiruvchi materiallarga bo‘lgan taqiqni vaqtincha olib tashladi. Biroq “Rossiya aholisiga nisbatan emas” deb belgilab qo‘ydi.

Shundan so‘ng Rossiya bosh prokuraturasi Amerikaning ushbu kompaniyasini ekstremistik tashkilotlar qatoriga qo‘shish masalasini ko‘tardi. Tergov qo‘mitasi esa ekstremizmga ochiq chaqiruvlar va terrorizmga yon bosuvlar yuzasidan jinoiy ish ochdi.

Metaning vitse-prezidenti Nik Klegg shunday dedi: olib borilayotgan yangi siyosat faqat Ukrainaga tegishli va kompaniya rusofobiyaga qarshi.

Bosh prokuraturaning talabiga ko‘ra Rossiya nazorat qo‘mitasi 14 mart kuni Instagramni cheklab qo‘ydi. Bundan oldinroq Rossiya Federatsiyasi ommaviy axborot vositalarini obro‘sizlantirgani uchun Facebook RIA yangiklar agentligi, Sputnik va RTni ham taqiqlagan edi.

Moskva shahrining Tvre tuman sudi 21 mart kuni Meta ning faoliyatini ekstremistik deb tan olib, uning faoliyatini Rossiya Federatsiyasi hududida taqiqlab qo‘ydi. Ammo qarorda cheklovni buzganlarga jazo chorasi belgilanmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Rosinfomonitoring Meta platformasini ekstremistlar va terrorchilar ro‘yxatiga kiritdi