Foto: Getty Images
Facebook ma’muriyati zararli dasturlarning uchta belgisini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoq mutaxassislari platformadagi akkauntlardan login va parollarni o‘g‘irlaydigan 400 ga yaqin ilovalarni aniqladi. Zararli ilovalar Google Play Store va App Store rasmiy marketpleysiga joylashtirilgan. Minglab odamlar shunday ilovalarni yuklab olishi mumkinligi haqida ogohlantirilmoqda.
«Foydalanuvchi zararli dasturni o‘rnatganida, u Facebook tizimiga kirishni so‘raydi va keyin shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlaydi», deb tushuntirdi ekspertlar.
Kompaniya mutaxassislari fikriga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirish talabini qo‘yuvchi ilovalar eng xavflidir.
«Facebook foydalanuvchisining login va parolini talab qiladigan dasturlardan, masalan, fotosuratlarni tahrirlash ilovalaridan ehtiyot bo‘ling», demoqda mutaxassislar.
Ilovaning xavfli ekaniga marketpleyslardagi salbiy izohlar va past reytinglar ham dalolat berishi mumkin. Yana bir belgisi — ilova va’da qilgan funksiyalar bilan avtorizatsiyadan keyingi haqiqiy funksiyalar o‘rtasidagi nomuvofiqlikdir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?