
Evans Henki.
Foto: iPhones.ru
Apple kompaniyasining sanoat dizayni bo‘yicha vitse-prezidenti Evans Henki kompaniyadan ketadi. U kompaniyaning oldingi dizayneri, mashhur Joni Ayv o‘rnida uch yildan buyon ishlab kelayotgandi.
Henkining iste’foga chiqishini kompaniya tasdiqladi, deb xabar berdi CNBC. Biroq to o‘rniga munosib nomzod topilishiga qadar, u yarim yilgacha top-menejer sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Evans Henki davrida Apple kompaniyasi iPhone 12, 13 va 14 smartfonlarini, o‘z M1 protsessori bazasidagi MacBook noutbuklarini ishlab chiqardi. Shunga qaramasdan, Henki kompaniyaning iPhone va iPad kabi asosiy mahsulotlari qiyofasini belgilab bergan Ayv kabi e’tirofga sazovor bo‘lmadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar