06:30 / 05.11.2022
1 458

«Ular Amerikada so‘z erkinligini yo‘q qilishga urinmoqda». Ilon Mask Twitter daromadi keskin kamayganini e’lon qildi

«Ular Amerikada so‘z erkinligini yo‘q qilishga urinmoqda». Ilon Mask Twitter daromadi keskin kamayganini e’lon qildi
Foto: Bloomberg
Milliarder Ilon Mask Twitter’ning daromadi keskin kamayganini e’lon qildi. Bu haqda u o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.

- Twitter’ning daromadlari faol guruhlarning reklama beruvchilarga bosim o‘tkazishi tufayli keskin kamaydi. Biroq kontentni moderatsiya qilishda hech narsa o‘zgarmadi va biz faollarni tinchlantirish uchun qo‘limizdan kelganini qildik. Jiddiy xato! Ular Amerikada so‘z erkinligini yo‘q qilishga urinmoqda, — deb yozadi u.

27 oktabr kuni Mask Twitter’ni sotib olish bo‘yicha kelishuvni yakunladi. 31 oktabr kuni AQSH Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (SEC) ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan hujjatlarga ko‘ra, Mask kompaniya direktorlar kengashini tarqatib yubormoqchi.

Mask Twitter’ni sotib olgach, darhol kompaniya rahbariyatining bir qator a’zolarini ishdan bo‘shatdi.

Keyinchalik Bloomberg agentligi tadbirkor xodimlarni deyarli yarmiga qisqartirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi.

Avvalroq Mask Twitter’da verifikatsiya belgisi uchun oylik to‘lov joriy etmoqchiligi haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Ular Amerikada so‘z erkinligini yo‘q qilishga urinmoqda». Ilon Mask Twitter daromadi keskin kamayganini e’lon qildi