Foto: Bloomberg
FTX birjasidan investorlar mablag‘larining ommaviy ravishda olib ketilishi fonida bitkoin narxi ikki yillik eng past darajaga tushdi. Bu haqda CoinDesk portalidagi ma’lumotlarda keltiriladi.
Oxirgi marta kriptovalyuta kotirovkalari 2020 yil noyabr oyi boshida xuddi shunday darajada bo‘lgan edi.
CoinDesk portalidagi ma’lumotlariga ko‘ra, 10 noyabr boshida bitkoin narxi 15 582 dollargacha tushib ketgan. Mutaxassislar kelgusi yil boshida kriptovalyutaga talabning tiklanishini taxmin qilmoqda.
Toshkent vaqti bilan soat 10:30 dunyodagi eng yirik kriptovalyutaning narxi 16 572 dollar bo‘lib turibdi.
O‘tgan hafta davomida FTX birjasi foydalanuvchilari birjadan jami 6 milliard dollarlik kriptovalyutalarni olib chiqib ketdi.
Bitkoinning bozor qiymati avgust o‘rtalarida 500 mlrd dollardan yuqori bo‘lib turgandi. Ayni paytda bu ko‘rsatkich 318 mlrd dollarga teng.
2021 yil noyabr oyida kriptovalyuta narxi 69 ming dollargacha ko‘tarilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?