11:02 / 13.11.2022
821

FTX kripto birjasidan 2 milliard dollarga yaqin mijozlar mablag‘i yo‘qolgani ma’lum bo‘ldi

FTX kripto birjasidan 2 milliard dollarga yaqin mijozlar mablag‘i yo‘qolgani ma’lum bo‘ldi
Foto: Reuters
FTX kripto birjasining asoschisi Sem Bankman-Fried Alameda Research savdo kompaniyasiga 10 milliard dollarlik mijoz mablag‘larini yashirincha o‘tkazdi. Ularning 2 milliard dollarga yaqini yo‘qolgan. Bu haqda «Kommersant’» xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Bankman-Fried Alameda Research kompaniyasiga o‘tkazilgan mablag‘lardan 1,7 milliard dollarga yaqini yo‘qolgan. Agentlikning yana bir manbasi yetishmayotgan mablag‘larni 1-2 milliard dollarga baholagan.

Reuters xabariga ko‘ra, yo‘qotish o‘tgan yakshanba, 6 noyabr kuni aniqlangan. Sem Bankmen-Frid birja top-menejerlariga zararni aks ettiruvchi moliyaviy hisobotlarni taqdim etdi. Hisobotlarda yetishmayotgan mablag‘lar qayerga yuborilgani aytilmagan.

Sem Bankmen-Fried agentlikka bergan izohida mijozlar mablag‘larining yo‘qolishi haqidagi ma’lumotlarga qo‘shilmasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, birjada noto‘g‘ri hisoblangan «chalkash ichki belgilar» mavjud.

Avvalroq FTX kriptobirjasi operatori bankrotlik to‘g‘risida ariza topshirgani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » FTX kripto birjasidan 2 milliard dollarga yaqin mijozlar mablag‘i yo‘qolgani ma’lum bo‘ldi