10:23 / 24.02.2015
7 579

O‘zbekistonda ekransiz Xiaomi Mi Band fitnes-trekerini 25 dollardan buyurtma qilish mumkin

O‘zbekistonda ekransiz Xiaomi Mi Band fitnes-trekerini 25 dollardan buyurtma qilish mumkin

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi ishlab chiqargan Mi Band fitnes-trekerini O‘zbekistonda sotib olish mumkin bo‘ldi, deya xabar bermoqda «Mobinfo.uz».

U dunyodagi eng arzon fitnes brasletlardan biri bo‘lib, Xitoyning o‘zida 15 dollardan sotiladi. Qurilmani kompaniya saytida buyurtma qilish mumkin. Aliexpress saytida esa uni 25 dollarga xarid qilish mumkin.

Braslet termoplastik materialdan ishlangan bo‘lib, sensorli ekranga ega emas. Unda uyqu monitoringi — kishini tez uyqu fazasida uyg‘otish funksiyasi, shuningdek kaloriya, jismoniy faollik va qadamlarni hisoblash funksiyalari mavjud.

Mi Band’ga ulanish uchun Android 4.3 va undan keyingi versiyalarda ishlovchi smartfon zarur, shuningdek smartfonda Bluetooth 4.0 bo‘lishi kerak. Apple telefonlarining iOS7.1 va undan keyingi versiyalarda ishlovchi iPhone 4S va undan keyingi modellari uchun dasturning beta-versiyasi mavjud.

Manba: www.daryo.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda ekransiz Xiaomi Mi Band fitnes-trekerini 25 dollardan buyurtma qilish mumkin