Foto: Getty Images
Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg ilovalarni boshqarish bo‘yicha Apple siyosatini tanqid qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Sukerberg har yili o‘tkaziladigan New York Times DealBook Summit'ida bu bo‘yicha gapirgan.
«Agar mavjud bo‘lgan asosiy kompyuter platformalari — Windows, Android, iOS'ga qarasangiz Apple qurilmada qaysi ilovalar tugashini nazorat qiladigan yagona kompaniya sifatida ajralib turadi», — dedi Meta rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday siyosat nafaqat foydalanuvchilarga, balki Apple bilan hamkorlik qilayotgan dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarga ham zarar yetkazadi. Sukerbergning fikricha, qattiq nazorat tufayli Apple mobil ekotizimidagi foydaning katta qismi dasturchilarga emas, balki IT gigantiga tushadi.
Shuningdek, Facebook asoschisi Apple siyosati boshqa texnologiya gigantlari, jumladan, Microsoft va Google'dan farq qilishini aytdi. Xususan, ular ilovalar do‘konlarida mavjud bo‘lmasa, ilovalarni boshqa platformalardan qurilmaga yuklab olish imkonini beradi.
«Kompaniyalar o‘z ilovalarini raqobatchilar tomonidan boshqariladigan platformalar orqali yetkazib berishi kerak — bu manfaatlar to‘qnashuvi», — deydi Sukerberg.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask Apple'ni senzurada ayblab, Twitter'da «so‘z erkinligini bostirish»ga oid hujjatlarni chop etishga va’da bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?