
Twitter xabarlarda ruxsat etilgan belgilar sonini 4 mingtagacha oshirmoqchi.
Bu haqda kompaniya rahbari Ilon Mask yakshanba kuni Twitter foydalanuvchilaridan birining platformadagi xabarlar belgilariga qo‘yilgan cheklov haqidagi savoliga javoban ma’lum qilgan.
U foydalanuvchining «Ilon Mask Twitter belgilari sonini 280 tadan 4000 tagacha oshirishi rostmi?» degan savoliga qisqa qilib, «Ha», deya javob qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta tvitlardagi cheklov 2017 yilning noyabrida – 140 dan 280 tagacha oshirilgan edi.
Ma’lumot uchun, Ilon Mask joriy yil 27 oktabrdan buyon Twitter platformasiga egalik qiladi va bu unga 44 milliard AQSH dollariga tushgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar