Microsoft kompaniyasi kayfiyatga ta’sir qiluvchi «aqlli» ko‘ylak ishlab chiqdi

Microsoft kompaniyasi kayfiyatga ta’sir qiluvchi «aqlli» ko‘ylak ishlab chiqdi
Microsoft kompaniyasi kayfiyatga ta’sir qiluvchi «aqlli» ko‘ylak ishlab chiqdi

Microsoft kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan g‘ayrioddiy “aqqli” ko‘ylak insonning yurak urishi va harakatlanishi, his-tuyg‘ularini aniqlab, ijobiy ta’sir ko‘rasatadi.

Taqiladigan qurilma

Qurilma sensori yurak tezligi, teri harorati, tana harakatining jadalligi va insonga xos bo‘lgan boshqa his-tuyg‘ular, shuningdek, asab tizimining holatini aniqlay oladi. Bundan tashqari, qurilma ma’lumotlarni ishlab chiquvchi imkoniyati unchalik katta bo‘lmagan kompyuter va akkumulyator vazifasini ham o‘taydi.

Ko‘ylak nimalarga qodir?
Microsoft kompaniyasi kayfiyatga ta’sir qiluvchi «aqlli» ko‘ylak ishlab chiqdi

Ko‘ylak insonni tinchlantirishi yoki aksincha jahlini chiqarishi mumkin. Maxsus elementlar esa kishining qon bosimini bir maromda saqlab turish, kiyim ostida tana haroratini pasaytirish yoki ko‘tarish, qolaversa, tebranish (vibrasiya), musiqa ijro etish xususiyatlariga ega.

“Aqlli” ko‘ylakni kiygan kishi o‘zini ruhan va jismonan baquvvat his qiladi. Hozircha, bunday ko‘ylaklar, birinchi navbatda, rivojlanish imkoniyati cheklangan va keksalar uchun taqdim etilishi mo‘ljallanmoqda, deb xabar beriladi "Kun" nashrida.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar