date

Google to‘qnashuv paytida piyodalarni himoyalash uchun yopishqoq kapot yaratdi

Google to‘qnashuv paytida piyodalarni himoyalash uchun yopishqoq kapot yaratdi

Google korporasiyasi piyodalarni himoyalash uchun yangi texnologiya – yopishqoq kapotni patentladi. Bu haqda "Kun.uz" xabar berdi.

Kelajakda kompaniya mazkur texnologiyadan o‘zining birinchi haydovchisiz avtomobilida foydalanadi. Bundan tashqari, yangi texnologiyani istalgan mashinada qo‘llash mumkin.
Google kapoti maxsus elimli qatlam bilan qoplangan. Agar to‘qnashuv sodir bo‘lsa, qoplama yo‘lovchini ushlab qolishi va uni mashinaning qayta zarbasi, erga qulash yoki boshqa transport vositalari bilan to‘qnashuvdan asrab qoladi.

«Transport vositasining old qismidagi yopishqoq qoplama odatda, to‘qnashuv chog‘ida ishga tushadi va ma’lum bir muddatgacha yo‘lovchini ushlab tura oladi», - deyiladi patent ta’rifida.

Google keyingi besh yil ichida haydovchisiz avtomobillar ishlab chiqarishni maqsad qilgan. Google ilk ishchi prototipning sinovdan o‘tgani haqida 2014 yilning dekabrida e’lon qilgan edi. Mutaxassislar ba’zi kamchiliklar qolgan bo‘lishiga qaramay, avtomobillarda haydovchisiz yurish mumkinligini qayd etishdi.

Mashina ikki kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, elektron dvigatel bilan harakatlanadi. Birinchi bosqichda barcha boshqaruv birgina tugma orqali amalga oshirilgan bo‘lib, keyinchalik mualliflar sinov modeliga rul va pedal qo‘shishga qaror qilishdi. Avtomobilning maksimal teziligi soatiga 40 km ni tashkil qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Google to‘qnashuv paytida piyodalarni himoyalash uchun yopishqoq kapot yaratdi