date

Samsung Moskvada Galaxy S7 Edge smartfonining Evropadagi eng katta reklamasini joylashtirdi

Samsung Moskvada Galaxy S7 Edge smartfonining Evropadagi eng katta reklamasini joylashtirdi

Moskva metrosining "Sokol" stansiyasi hududida Samsung Galaxy S7 Edge smartfoni ko‘rinishida ulkan interaktiv banner o‘rnatildi. U Samsung’ning Evropadagi eng katta reklama formati bo‘ldi, deb xabar beriladi "Kun" nashrida.

Banner smartfon ko‘rinishidagi interaktiv LED-displey ko‘rinishida yaratilgan, uning o‘lchami balandligiga 80 metrni, eniga 40 metrni tashkil qiladi. U Volokolamsk va Leningrad shosselarining kesishmasidagi "Gidroproekt" ilmiy tadqiqot instituti binosining old tomonida joylashtirilgan.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, bannerni 2,2 km uzoqlikdan ko‘rish mumkin va unga kuniga 800 mingga yaqin kishining ko‘zi tushadi.

Kompaniya, shuningdek, "Gidroproekt" binosini kechki va tungi payt drondan olingan videosini chiqardi.

May oyi boshida binoda ishlovchi xodimlardan biri reklama quyosh nurini to‘liq to‘sib qo‘yganidan shikoyat qilgan va reklama shitini o‘rnatishdan avval bu haqda hech kimdan so‘ralmaganini aytgan. Uning aytishicha, reklama go‘yoki 30 kishidan iborat kompaniyaning yangi ofis qidirishga majbur qilgan.

Xodimning aytishicha, Samsung’ning noshaffof banneri kamida 2016 yil dekabrigacha namoyish qilinadi. Avval bu erda reklamalar quyosh nurini o‘tkazuvchi yarimshaffof to‘rga o‘rnatilgan.

Samsung banneri binoda bahor o‘rtalarida – kompaniyaning yangi smartfonlari sotuvga chiqishi oldidan o‘rnatilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Samsung Moskvada Galaxy S7 Edge smartfonining Evropadagi eng katta reklamasini joylashtirdi