Xitoyda yengil avtomobillar ustidan o‘ta oladigan avtobus konsepti namoyish etildi

Pekin shahrida bo‘lib o‘tayotgan yuqori texnologiyalar xalqaro ko‘rgazmasida, TEB (Transit Elevated Bus) avtobusining konsepti namoyish etildi. Xitoy "kelajak transporti"ning konstruksiyasi yengil mashinalarga uning ostidan bemalol o‘tishiga imkon beradi. Bu esa, o‘z navbatida, yo‘ldagi tirbandliklarni kamaytiradi, deb xabar qilmoqda "Kun" nashri.
Loyiha bosh muhandisi Bai Suminning hikoya qilishicha, TEB mehnat samaradorligi bo‘yicha metro yoki monorelsli poezddan qolishmaydi, ammo tannarxi sezilarli arzonga tushadi, bundan tashqari, barcha zaruriy konstruksiyalar qisqa muddatda, bir yilda barpo etiladi.
Avtobus eniga 8 metr, balandligi — 4,6 metr, uzunligi — 32 metrni tashkil etadi. Hajmining kattaligi sabab, 900dan 1200gacha yo‘lovchini bortiga sig‘dira oladi.
Transit Elevated Bus’ning ilk sinovlari, 2016 yilning ikkinchi yarmida Xebey provinsiyasining Sinxuandao shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing