15:30 / 26.01.2023
119

Facebook va Instagram Trampning akkauntlarini blokdan chiqaradi

Facebook va Instagram Trampning akkauntlarini blokdan chiqaradi
Foto: Andrew Harnik/AP/picture alliance
Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlariga egalik qiluvchi Meta kompaniyasi AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning akkauntlarini blokdan chiqarmoqda, unga tarafdorlari 2021 yil yanvarida Kapitoliyga bostirib kirishganidan so‘ng bir vaqtning o‘zida bir nechta yirik onlayn platformalardan foydalanish taqiqlangan edi. Bu haqdagi qarorni 25 yanvar, chorshanba kuni Meta'ning global masalalar bo‘yicha prezidenti Nik Klegg e’lon qildi.

Uning aniqlik kiritishicha, Trampning Facebook va Instagram akkauntlari yaqin haftalarda tiklanadi, biroq bu harakat «takroriy qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun» yangi cheklovlar bilan birga bo‘ladi: agar Tramp platforma qoidalarini buzsa, u yana ikki yillik taqiqqa duch keladi.

Avvalroq Trampning Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi mikroblogi servisning yangi egasi Ilon Mask tomonidan blokdan chiqarilgan edi. Biroq AQSH sobiq prezidenti hali bu platformadan o‘zi asos solgan Truth Social'ni afzal ko‘rib, Twitter'ga qaytgani yo‘q. U Facebook va Instagram'da postlarini qayta e’lon qilish imkoniyatidan foydalanishi noma’lum. Biroq tahlilchilar 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini e’lon qilgan Tramp tez orada ijtimoiy tarmoqlardagi ishtirokini oshirishi mumkinligini istisno etmayapti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook va Instagram Trampning akkauntlarini blokdan chiqaradi