date

O‘zbek olimlari yara bitkazuvchi yangi vosita ixtiro etishdi

O‘zbek olimlari yara bitkazuvchi yangi vosita ixtiro etishdi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti olimlari yangi yara bitkazuvchi vosita ixtiro qildilar, deyiladi "Kun" nashrida.
Mazkur vosita farmasevtika sanoati, chunonchi etiologiyasi va to‘qima patologiyasi har xil bo‘lgan yaralarni davolashda tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkin bo‘lgan davolovchi kompozisiyani olish texnologiyasida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Uning vazifasi yara bitkazuvchi malham va in’eksiya uchun eritma (mikroimplantat) sifatida qo‘llash mumkin bo‘lgan, tiklovchi va keng davolovchi (mikroblarga qarshi, yara bitkazuvchi, og‘riqsizlantiruvchi) xususiyatlariga ega bo‘lgan kollagen asosidagi ko‘p maqsadli tarkibga ega bo‘lishdan iborat.

Mualliflar jamoasi - Gulyamov Turgun, Radjabov Otabek, Atajanov Abdullaxat, Turaev Abbasxan va Filatova Albinaga ushbu ixtiro uchun № IAP 05207 raqamli patent berildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » O‘zbek olimlari yara bitkazuvchi yangi vosita ixtiro etishdi