
Oyiga milliarddan ortiq tashrifchini o‘ziga jalb qiluvchi dunyodagi eng yirik videoxosting YouTube haligacha o‘z xo‘jayini Google’ga foyda keltirmayapti, deb xabar bermoqda «Vedomosti».
Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, YouTube 2013 yilda 3 milliard, 2014 yilda 4 milliard dollar daromad olgan. Bu Google’ning umumiy daromadining 6 foizini tashkil qilgan, biroq YouTube hali foyda keltirmagan. Hozircha ushbu xizmat ziyonsizlik holatida turibdi.
Bu holatdan chiqish maqsadida YouTube o‘zining asosiy auditoriyasi − o‘smirlardan tashqariga chiqishga harakat qilyapti. Qayd etilishicha, foydalanuvchilar YouTube’ga asosan o‘z fayllarini saqlash uchun xosting sifatida qaraydi, kompaniya mutaxassislari esa uni o‘ziga xos televideniega aylantirishni istaydi.
Manba: www.daryo.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar